Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AP: Tramp Vashingtonni o‘zgartirdi va Oq uy hurmatini pasaytirdi
Foto: AP
Prezidentlik muddatining dastlabki ikki yili davomida Donald Tramp Vashingtondagi «qoidalar va normalarni qayta yozib», asrlar davomida saqlanib qolgan an'analar hamda odatlardan voz kechdi, deb yozmoqda Associated Press agentligi.
«U prezidentlik institutiga zarar yetkazdi. U o‘zini estafeta tayoqchasini vorisga topshiruvchi prezidentlarning uzun ro‘yxati bir qismi sifatida ko‘rmayapti. Buning o‘rniga o‘z shaxsiyatiga qo‘shimcha ravishda prezidentlikdan foydalanmoqda», - deydi Rays Universitetidan bo‘lgan tarixchi Duglas Brinkli.
AQShda Tramp saylovoldi kampaniyasidan so‘ng, o‘zining odatdagi xatti-harakatlaridan voz kechishi va lavozimida «ko‘proq prezident» bo‘lishiga ishonishgandi. Endi esa bu haqda hech kim gapirmay qo‘ygani oydinlashdi, deya ta'kidlanadi materialda.
Trampning o‘zi oldindan aytish qiyin bo‘lgan xatti-harakati - bu amerikaliklar e'tiborini tortuvchi narsa va o‘z muvaffaqiyatini ta'minlaydigan jihat, deb hisoblaydi, deya yozmoqda AP.
Agentlikning qayd etishicha, Tramp bir necha bor yolg‘on gapirgan va bu yolg‘onning umumiy ta'siri Oq uy obro‘siga o‘ta salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQSh endi jahon politsiyachisi bo‘la olmasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:58 / 10.02.2026
Yevropa davlatlari NATO boshqaruvida ko‘proq rol o‘ynashga kelishib oldi
14:58 / 10.02.2026
Nemislarning ko‘pchiligi Rossiyadan keyin AQShni tinchlikka eng katta tahdid deb hisoblaydi
10:20 / 10.02.2026
AQSh Tinch okeanida narkosavdogarlarga tegishli deb aytilgan kemaga zarba berdi
09:09 / 10.02.2026