Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: AQSh endi jahon politsiyachisi bo‘la olmaydi
Foto: Saul Loeb/AFP/Getty Images
AQSh prezidenti Donald Trampning Iroqdagi Amerika harbiy bazasiga tashrifi chog‘ida ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar endi jahon politsiyachisi bo‘lishi mumkin emas. Prezidentning so‘zlari NBC tomonidan keltirilgan.
Trampning harbiylar bilan uchrashuvda qayd etishicha, AQSh Yer yuzidagi har bir xalq uchun «kurash» olib bormasligi kerak. Prezident Amerika himoyasini istaganlarga «to‘lash»ni taklif qildi.
«Qo‘shma Shtatlar endi jahon politsiyachisi bo‘lolmaydi. [Harbiy] yuk butunlay AQSh zimmasida bo‘lishi adolatsiz holat», - dedi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh qo‘shinlari butun dunyoga tarqalib ketgan va «ko‘pchilik hech narsa eshitmagan» mamlakatlarda ham ishtirok etmoqda. Trampning xulosa qilishicha, bu «kulgili».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019 yilda Tramp impichment xavfi bilan to‘qnash kelishi mumkin ekani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
00:05
Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
22:07 / 07.04.2026
Eron Yaqin Sharqni «zulmatga cho‘mdirish» bilan tahdid qildi
20:16 / 07.04.2026