Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV sohaviy xizmatlarida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, quyidagilar sohaviy xizmatlarda rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar:
polkovnik Mahamadali Ismoilov - O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimiga;
polkovnik Gapur Bekchanovich Kurambayev - O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo‘shinlari qo‘mondonining kadrlar, harbiy vatanparvarlik, ma'naviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ichki ishlar vazirligi Patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasining yangi rahbari tayinlangandi.
Mavzuga oid
21:31 / 02.02.2026
«Nega menga cho‘pchak gapirasan?» - prezident Shayxontohur tumani IIB sobiq rahbariga tanbeh berdi
09:20 / 02.02.2026
Poytaxtda jinoyatchilikka qarshi kurashishning yangi bosqichi boshlandi
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
16:05 / 31.01.2026