PPXning yangi rahbari tayinlandi - oldingisi xizmat xonasida o‘ldirib ketilgan edi

Foto: IIB Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatida yangi lavozim tayinlovi ro‘y berdi, deb xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.
Tarqatilgan ma'lumotlarga ko‘ra, polkovnik Baxtiyor Po‘lotovich Pormonov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasiga yangi boshliq etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 4 avgust kuni IIV PPXning sobiq rahbari podpolkovnik Dilshod Akramovning murdasi Ichki ishlar vazirligi binosining ikkinchi qavatida joylashgan o‘z xizmat xonasida topilgan edi. Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Boshliqni o‘ldirishda gumonlanuvchi ushlanib, qamoqqa olingan. U Toshkent shahar IIBB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi katta inspektori R.Abdullayev bo‘lib chiqqan.
Avvalrok, 19 dekabr kuni Xalqaro press klubda huquq-tartibot organlari vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Tadbir davomida jurnalistlar huquq-tartibot organlari vakillaridan podpolkovnik Dilshod Akramov bilan bog‘liq ish bo‘yicha surishtiruvlar qanday ketayotgani haqida savol berishgan.
«Tergov-surishtiruv ishlari olib boriladigan ma'lum bir me'yorlar bor. Menda surishtiruv qanday bosqichda ekanligi xususida axborot yo‘q, biroq ayni damda tergov tadbirlari olib borilayotganidan xabarim bor. Ish sudga oshirilgach, manfaatdor taraflar kerakli ma'lumotlarni olishlari mumkin», — degan edi bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

15:27 / 19.08.2024
Toshkentda PPX inspektori kaltaklandi

07:47 / 11.08.2023
Qo‘yliq bozorida PPX xodimiga otvyortka bilan jarohat yetkazgan shaxs ushlandi

15:30 / 26.07.2022
PPX xodimlariga 8 turdagi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirish vakolati beriladi

07:42 / 23.07.2022