Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR Janubiy Koreya va AQSh harbiy mashqlari to‘xtatilishini talab qildi
Foto: AP
Shimoliy Koreya hukumati Janubiy Koreya va AQShdan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishdan voz kechishni talab qildi. Bu haqda Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalariga asoslanib, TASS xabar berdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Pxenyan Seulga xorijiy qurol-yarog‘larning yangi importidan ham voz kechish talabini qo‘ygan.
Ta'kidlanishicha, KXDR Janubiy Koreya va AQSh mashqlarini harbiy provokatsiya sifatida baholamoqda.
Shu bilan birga, Shimoliy Koreyadan qayd etishlaricha, tinchlik muhitini yaratish Koreyalararo munosabatlarni rivojlantirish uchun zaruriy shart sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV AQSh ma'muriyati Tramp va Kim Chen Inning yangi uchrashuvi uchun joy izlayotgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
11:54
Lavrov Rossiyaning Qrimni qo‘shib olishini AQShning Grenlandiya bo‘yicha rejalari bilan taqqosladi
11:15
Oq uy: Tramp samolyoti elektronikadagi nosozlik sabab ortga qaytdi
10:30
Lukashenko Trampning “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga rozi bo‘ldi
10:00