2018 yil oxiridan beri AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan uçraşuv uçun qulay joy izlamoqda. Bu haqda CNN telekanali manbalarga tayangan holda xabar berdi.

Manbalarning aytişiça, Tramp ma'muriyati joylarni örganiş va ular mamlakatlar yetakçilariga töğri kelişini aniqlaş maqsadida turli yerlarga bir neça jamoani yuborgan. CNN’dan qayd etişlariça, amerikalik mulozimlar şimoliy koreyalik hamkasblariga joylar haqida aytişmagan, şuning uçun ularning röyxati kelajakda kengayişi mumkin.

Telekanal ekspertlarining taxminiça, Tramp va Kim Çen In yaqin oylar içida uçraşişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Kim Çen In bilan yangi uçraşuvni kutayotganini ma'lum qilgandi.

«Men ham KXDR Davlat kengaşi raisi Kim Çen In bilan uçraşuvni intiqlik bilan kutyapman. U Şimoliy Koreya ulkan iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini juda yaxşi tuşunadi», - deya ma'lum qildi Tramp KXDR yetakçisi AQŞ prezidenti bilan uçraşişga tayyor ekani haqidagi xabarlarga izoh berib.