Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston 10 yil ichida koinotga yettita kosmik ekspeditsiya jo‘natmoqchi
Hindiston kelgusi 10 yil davomida yaqin va uzoq koinotni o‘rganish uchun yettita uchuvchisiz kosmik ekspeditsiyani amalga oshirmoqchi. Bu haqda Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO)ga tayanib The Economic Times gazetasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, ayni paytda ISRO iyul oyida Oyga "Chandrayan-2" ekspeditsiyasini uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
2020 yilda kosmik radiatsiyani o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi Xposat avtomatik stansiyasi parvoz qiladi. 2021 yilda esa Quyoshni o‘rganish uchun Aditya L1 kosmik stansiyasi koinotga yo‘llanadi.
ISRO shuningdek, Venera, Mars sayyoralariga ekspeditsiya uyushtirmoqchi. Bundan tashqari, 2028 yilga qadar Quyosh tizimi tashqarisini o‘rganish uchun Exoworlds avtomatik stansiyasini ham jo‘natish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
09:06 / 03.01.2026
Hindistonda ifloslangan ichimlik suvi tufayli 9 kishi vafot etdi
12:16 / 25.12.2025