Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputatlikka barcha nomzodlarning ro‘yxati e'lon qilindi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Markaziy saylov komissiyasi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Liberal-demokratik partiya, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Ekologik partiya tomonidan Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, Saylov kodeksi 40-moddasiga muvofiq qaror qabul qildi. Ro‘yxatdan barcha okruglar kesimidagi 750 nafar nomzod joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, deputatlikka nomzodlarning eng ko‘pi pedagog mutaxassisligiga ega - 223 nafar. Iqtisodchilar 143 nafar, shifokorlar 93 nafarga teng. Keyingi o‘rinlardan muhandislar (65), huquqshunoslar (52), agronomlar (30), jurnalistlar (24), tadbirkorlar (18), faylasuflar (8), siyosatshunoslar (3) va boshqalar (91) joy oldi.
Mavzuga oid
21:07 / 13.01.2026
Bolaga ota ismini familiya sifatida berishga ruxsat etilishi mumkin
19:21 / 01.01.2026
Tuman hokimlari kengash raisi lavozimidan ketdi
10:11 / 29.12.2025
Kosovo saylovlari: hukmron partiya g‘alaba qozondi
09:00 / 28.12.2025