Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Tailandga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi
Tashqi ishlar vazirligi Tailandga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi
Foto: REUTERS
O‘zbekistonning Bangkok shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, Tailand Qirolligi hukumati COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan 18ta davlat, jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakat aeroportlarida kirish vizalarini (Visa on Arrival) rasmiylashtirish tartibini bekor qildi.
Tailand tomoni mazkur mamlakatlarning fuqarolariga kirish vizalarini qirollikning xorijdagi diplomatik vakolatxonalaridan birida rasmiylashtirishni tavsiya qilmoqda. Ushbu jarayon noma'lum muddatga joriy qilinmoqda va koronavirus tarqalishi darajasining pasayganidan keyin qayta ko‘rib chiqiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, TIV Tailand, Kamboja va Laos hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda mamlakatning Bangkok shahridagi bosh konsulxonasiga +66-2-675-39-95 va +66-9-5502-6770 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.
Avvalroq, Tailand O‘zbekiston uchun mamlakatga kelgandan keyin rasmiylashtiriladigan vizani bekor qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:03 / 30.12.2025
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berish to‘xtatildi
09:45 / 30.12.2025
Armaniston va Turkiya vizaviy tartibni qisman soddalashtirdi
12:50 / 29.12.2025
Bild: Germaniyada viza firibgarligi holatlari ikki baravarga oshdi
14:19 / 22.12.2025