Qoraqalpog‘istonda agronomlarni kaltaklagan shaxslar ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 13 may kunidan 14 may kuniga o‘tar kechasi, soat 03:00da noma'lum shaxslar jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani «Bo‘zatao‘» OFY “Shag‘irli-Porlitao‘” yo‘lining 6-7 kilometri oralig‘ida joylashgan palatka ichida uxlab yotgan agronomlar, Namangan viloyatida yashovchi, 59 yoshli G.M. va Toshkent viloyatida yashovchi, 57 yoshli D.K.ni urib, ularga qasddan tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringanlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada G.M. va D.K. olgan tan jarohatlari bilan Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Mo‘ynoq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Mo‘ynoq tumani «Bozatao‘» OFYda yashovchi fuqarolar 21 yoshli K.S., 26 yoshli A.S. va 19 yoshli N.R sodir etganliklari aniqlangan.
Jinoyat ishi bo‘yicha K.S., A.S. va N.R. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganlar.
Mavzuga oid
10:50 / 06.12.2024
RF Tergov qo‘mitasi Qodirovning Bastrikinga qarshi da’volariga javob qaytardi
21:51 / 14.09.2024
Toshkentda yosh ishchini kaltaklagan do‘kon xodimiga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi
19:06 / 14.09.2024
Inbazar do‘konida yosh xodim xatosi uchun kaltaklandi
09:45 / 10.09.2024