Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda giyohvand moddalarini sotayotgan shaxslar ushlandi
Samarqand shahrida giyohvand moddalarini sotayotgan ikki nafar shaxs ushlangan. Ulardan biri 66 yoshli shaxs bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, viloyat IIB va DXX tomonidan Samarqand shahri Xo‘jasoat mahallasida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda 66 yoshli fuqaro 6 dona sellofan paketga o‘ralgan, og‘irligi 20 gramm bo‘lgan opiy giyohvandlik moddalarini tadbirga jalb qilingan shaxsga 100 AQSh dollari va 4 million 232 ming so‘mga kelishib, sotayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur shaxs tegishli tartibda tintuv qilinganda, uning shimi cho‘ntagidan qog‘ozga o‘ralgan 3 gramm og‘irlikdagi yashil rangdagi o‘tkir hidli marixuana va bir dona psixotrop dori topilgan.
Olib borilgan surishtiruvlar davomida qo‘lga olingan shaxs opiy giyohvandlik moddasini 52 yoshli tanishidan olganini ma'lum qilgan. Ma'lumot bo‘yicha mazkur shaxs tekshirib ko‘rilganda uning mashinasidan tadbirda ishlatilgan pullar borligi aniqlangan va ular hujjatlashtirib olingan. Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025