Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 4-sinf o‘quvchisini urgan direktor o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida direktor o‘rinbosari 4-sinf o‘quvchisi bo‘lgan 10 yoshli bolani kaltaklagani aytilgan video tarqaldi. Holatga viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, mazkur holat Oqdaryo tumani Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 53-maktabda sodir bo‘lgan. Bundan ikki hafta oldin 53-maktabning 4-V sinfida o‘qiyotgan N.B.ga maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.V. qo‘l ko‘targan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Samarqand viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O.Jangirov, tuman XTB mudiri S.Ortiqova va boshqa mas'ullar ushbu holat bo‘yicha o‘rganish va tushuntirish ishlarini olib borgan. O‘rganish yakunida 53-maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.V.ning 4-sinf o‘quvchisini kaltaklagani o‘z isbotini topgan. Shundan so‘ng M.B.ga nisbatan intizomiy chora qo‘llanib, u o‘z vazifasidan ozod qilingan. «Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida maktab jamoasi ishtirokida tushuntirish ishlari olib borilgan. Hozirda o‘quvchi va uning ota-onasi tomonidan hech qanday e'tirozlar yo‘qligini ma'lum qilamiz», — deyiladi munosabatda.
Mavzuga oid
14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?
18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi
15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi
14:01 / 13.02.2025