Bugun ijtimoiy tarmoqlarda maktabgaça ta'lim taşkilotida tarbiyaçi bolalarni urayotgani aks etgan video lavha tarqaldi. Mazkur holat Karmana tumanidagi 2-sonli davlat MTTda sodir etilganligi ma'lum böldi.
Navoiy viloyati Maktabgaça ta'lim boşqarmasining munosabatiga köra, 16 mart kuni Karmana tumanidagi 2-sonli davlat MTTning «Boyçeçak» guruhi tarbiyaçisi Muhayyo Böranova pedagogik etikaga rioya qilmagan holda ayrim tarbiyalanuvçilarga nisbatan qöpol xatti-harakatlar sodir etgan.
Karmana tuman Maktabgaça ta'lim bölimi mudiri Nafisa Xalilova 18 mart kuni holatni MTT direktori, ayrim ota-onalar va boşqa mas'ullar iştirokida kuzatuv kamerasining xotirasini közdan keçiriş orqali örganib çiqqan. Tarbiyaçi Muhayyo Böranovaning bolalarga nisbatan sodir etgan uşbu xatti-harakatiga qonuniy baho beriş uçun videolavha Karmana tuman IIBga yuborilgan.
Ta'kidlanişiça, iş beruvçi Muhayyo Böranova bilan tuzilgan mehnat şartnomasini bekor qilgan. Şuningdek, taşkilotda nazoratni susaytirib yuborganligi uçun MTT direktoriga «hayfsan» intizomiy jazosi qöllanilgan.







