O‘zbekiston | 10:48 / 21.12.2021
30810
2 daqiqa o‘qiladi

5-17 dekabr kunlari ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti «chaqirib olinmoqda»

Bu avtomobillarning orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati bilan bog‘liq. UzAuto Motors avtomobillar sifati kompaniyaning «ustuvor vazifasi» ekanligi sabab, ularni bepul ta’minlab bermoqchi.

Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi shu yilning 5-17 dekabr kunlari ishlab chiqarilgan  Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini chaqirib olmoqda. Qayd etilishicha, bu avtomobillarning orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati bilan bog‘liq.

«UzAuto Motors ishlab chiqarilayotgan avtomobillar sifati va mijozlar talabini qondirishni o‘zining asosiy ustuvor vazifasi deb biladi. Aynan mana shu sifat talablaridan kelib chiqib, kompaniya 2021 yil 5-17 dekabrda ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini chaqirib olish dasturini e’lon qiladi.

«Chaqirib olish» dasturi avtomobillarning orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati bilan bog‘liq.

Barcha ishlar UzAuto Motors AJ xodimlari tomonidan dilerlik markazlarining servis xizmatida ishlab chiqaruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi», deyiladi xabarda.

Avvalroq, 2022 yil 1 fevralga qadar Nexia, Spark, Cobalt va Lacetti avtomobillarini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilish to‘xtatilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid