Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshida YTHga uchragan Spark’da yong‘in sodir bo‘ldi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Qarshi shahrida yo‘l-transport hodisasiga uchragan Spark’da yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 2022 yil 3 yanvar kuni soat 21:18 larda Qarshi shahar FVBga Islom Karimov ko‘chasi Vatanparvarlar bog‘i ro‘parasida Spark mashinasida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng, voqea joyiga soat 21:20 larda Qarshi shahar FVBdan 1 ta qutqaruv bo‘linmasi yetib borgan. Soat 21:22 larda yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida Qarshi shahar Shohbekat mahallasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan N.O‘. ga tegishli bo‘lgan ushbu mashinaning motor qismi zarar ko‘rgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Spark avval yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Keyin yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘inda hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.
Qayd etilishicha, holat bo‘yicha tegishli xizmatlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qashqadaryoda yuk mashinasi yonib ketdi
Qarshida harakatlanib ketayotgan «Gazel» yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi
Mavzuga oid
21:52 / 14.01.2026
5 yil davomida YTHlar kamayish dinamikasi saqlanib qoldi – YHXX
12:40 / 14.01.2026
Mirobodda Kia va Tracker-2 to‘qnashdi, 3 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
10:41 / 09.01.2026