Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshida harakatlanib ketayotgan «Gazel» yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi
Foto: FVB
Qarshi shahridagi ko‘chada harakatlanib ketayotgan Gazel» yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 16 dekabr kuni soat 17:02larda 101 qisqa raqami orqali Qarshi shahar FVBga shaharning Alisher Navoiy ko‘chasida harakatlanib kelayotgan «Gazel» yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lgan joyga Qarshi shahar FVBdan bitta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib borgan. Yong‘in soat 17:14larda to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida mashinaning motor va old salon qismi zararlangan.
Dastlabki surishtiruvda ushbu mashina «O‘ztelekom» AJning Qashqadaryodagi bo‘limiga qarashli ekani va uni Qarshi tumani «Dasht» QFYda yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro J.R. boshqarib ketayotgani aniqlangan.
Yong‘inda hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026