Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Afg‘onistonni tinch ko‘rish hamma liderlarning xohishi” – Pokiston tashqi ishlar vaziri
Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bhutto Zardari ShHT sammiti doirasida jurnalistlarga bergan intervyusida Afg‘oniston masalasi haqida gapirdi.
Foto: Kun.uz
Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bhutto Zardari ShHT sammitida xorijlik va o‘zbekistonlik jurnalistlarga bergan intervyusida sammitda hozir bo‘lgan barcha liderlar Afg‘oniston tinch bo‘lishini xohlashlari, uning tinchligi qo‘shnilar tinchligi uchun ham muhimligi haqida gapirdi.
“Tranzit savdo bu – mening mamlakatim va sizning davlatingiz (jurnalistlarga qarata) o‘rtasidagi munosabatdir. Asosiy muammo Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik istiqbollari bilan bog‘liq. Menimcha, Afg‘onistonni tinch va barqaror ko‘rish barcha mamlakatlarning maqsadidir. Bugun bu yerda hozir bo‘lgan barcha yetakchilarda shu xohish borligini ko‘rish mumkin”, - dedi Zardari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston tinchligi nafaqat Afg‘on xalqiga, balki qo‘shni davlatlarga ham farovonlik eshigini ochadi.
“Muammoning manzili – xavfsizlikdir, biz hammamiz birgalikda bu maqsadga erishamiz deb umid qilaman va shunday muhit yuzaga kelishi bilanoq Afg‘onistonda tuzilma loyihalari ishlab chiqiladi, keyin biz ularni muhokama qilishimiz mumkin”, – dedi Pokiston tashqi ishlar vaziri.
Mavzuga oid
13:46 / 19.12.2025
Germaniya 535 nafar afg‘onistonlikni qabul qiladi
14:51 / 18.12.2025
Afg‘oniston yetakchi: O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlar soni keskin oshdi
10:55 / 13.12.2025
Karachida hibsdagi o‘zbekistonlik: elchixona ishni nazoratga oldi
20:41 / 06.12.2025