O‘zbekiston | 11:22 / 27.11.2022
10444
3 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways tuman sababli reyslarni kechiktirmoqda

Toshkentdan Moskva, Istanbul, Dubay va boshqa shaharlarga rejalashtirilgan reyslar kechiktirildi.

Foto: Kun.uz

26 noyabr kuni Toshkentda tumanli ob-havo hukm surayotgani sababli Uzbekistan Airways rejalashtirgan bir qator reyslar kechiktirildi. Bu haqda aviakompaniya axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni Toshkent xalqaro aeroportining noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways’ning HY-051 Toshkent–Urganch, HY-011 Toshkent–Nukus, HY-603 Toshkent–Moskva, HY-271 Toshkent–Istanbul, HY-779 Toshkent–Bishkek, HY-333 Toshkent–Dubay, HY-5311 Toshkent–Jidda, HY-231 Toshkent–Frankfurt, HY-031 Nukus–Mo‘ynoq reyslari majburiy kechiktirildi.

HY-081 Toshkent–Farg‘ona, HY-9685 Toshkent–Sochi, HY-341 Toshkent–Sharm ash-Shayx va HY-717 Toshkent–Dushanbe o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketgan. HY-052 Urganch–Toshkent, HY-012 Nukus–Toshkent, HY-718 Dushanbe–Toshkent, HY-604 Moskva–Toshkent, HY-272 Istanbul–Toshkent, HY-780 Bishkek–Toshkent, HY-334 Dubay–Toshkent, HY-342 Sharm-ash-Shayx–Toshkent, HY-5312 Jidda–Toshkent, HY-232 Frankfurt–Toshkent, HY-032 Mo‘ynoq–Nukus kechikish bilan amalga oshirilishi ma’lum qilingan.

Bundan tashqari, rejalashtirilgan HY-048/HY-047 Samarqand–Namangan–Samarqand va HY-275/HY-276 Samarqand–Istanbul–Samarqand qatnovlari ham kechikib amalga oshiriladi.

27 noyabr aviakompaniya matbuot xizmati kechiktirilgan reyslar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 27 noyabr kuni Farg‘ona va Namangan xalqaro aeroportlarida ob-havo sharoiti hali ham noqulayligi (tuman, ko‘rishning yetarli darajada emasligi) tufayli HY-093 Toshkent–Namangan, HY-9801 Namangan–Perm, HY-081 Toshkent–Farg‘ona, HY-339 Farg‘ona–Dubay qatnovlari majburiy kechiktirilmoqda.

Texnik sabablarga ko‘ra HY-271 Toshkent–Istanbul reysi tez orada o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketadi. HY-272 Istanbul–Toshkent reysi ham kechikish bilan amalga oshiriladi.

HY-9802 Perm–Namangan, HY-340 Dubay–Farg‘ona va HY-082 Farg‘ona–Toshkent reyslari ham kechikib amalga oshiriladi.

Uzbekistan Airways aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib, keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘ragan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid