Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022/23 o‘quv yili uchun magistraturaga qishki qabul boshlanmoqda
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar 2022 yil 20 dekabrdan 2023 yil 10 yanvargacha (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
Foto: Getty Images
Tanlov natijalari bakalavriat diplomining o‘rtacha ballari asosida aniqlanadi, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati.
Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, istisno tariqasida faqat ushbu 2022/2023-o‘quv yili magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qat’i nazar, sertifikati borlar hujjat topshirishiga ruxsat berilgan.
O‘qishga qabul qilingan talabalar o‘qishi davomida belgilangan tartibda talab etilgan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.
Avvalroq Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, abituriyent filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi belgilangan edi.
Mavzuga oid
14:48 / 10.11.2025
Endilikda sog‘liqni saqlash rahbarlarining kunlik qabuli mahallada o‘tkaziladi
16:00 / 18.10.2025
Bolalarni davlat maktablariga qabul qilishda eskirgan tartibotlar bekor qilinadi
19:01 / 27.09.2025
Magistraturaga qo‘shimcha qabul e’lon qilindi
18:43 / 23.09.2025