AOKAda bölib ötgan brifingda Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mömin Ibodov 2022/2023 öquv yilida magistraturaga qabul jarayonlari natijalari böyiça ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, magistraturaga qabul kvotasi tölmagan bölsa-da, yangi joriy qilingan tartibga köra bu yildan magistraturaga qabul bir yilda 2 marotaba amalga oşiriladi, ya’ni yanvar oyiga böş örinlarga yana konkurs taşkil etiladi.
Röyxatdan ötgan 5219 nafar talabgorning 4582 nafari xorijiy til sertifikatiga ega. 637 nafar talabgor esa, tanlovda iştirok etmaydigan turli imtiyozga ega bölganlardir.
Şundan 296 nafari davlat stipendianti, 159 nafari kimyo, biologiya va informatika yönalişlari böyiça imtiyoz sohibi, 12 nafari kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari ğolibi sanaladi. 170 nafari esa közi ojizlar toifasiga kiruvçi a’lo baholarga öqigan bitiruvçidir.
Bundan oldin davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul natijalari e’lon qilinayotgani xabar berilgandi.

















