2022/2023 öquv yili uçun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni biliş darajasidan qat’i nazar (S1 yoki B2 sertifikatidan taşqari boşqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham iştirok etişiga ruxsat etildi.
Öqişga qabul qilingan talabalar öqişi davomida talab etilganidek milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qölga kiritişi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.
Tanlovda iştirok etiş istagini bildirganlarga 2022 yil 20 dekabrdan 2023 yil 10 yanvarga qadar (şu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn röyxatdan ötiş imkoniyati yaratiladi.
Tanlov natijalari bakalavriat diplomning örtaça ballari asosida aniqlanadi.
Prezidentning tegişli qaroriga köra abituriyent filologiya yönalişlari böyiça kamida S1, nofilologik yönalişlari böyiça esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega böliş talabi belgilangan.
Ma’lumot örnida, magistratura bosqiçi uçun tanlov yilda bir marta amalga oşirilar edi. 2022-2023-öquv yilidan boşlab til sertifikati talabi kiritilişi munosabati bilan istisno tariqasida qabul jarayoni ikki marta amalga oşirilmoqda.
















