Jamiyat | 01:08 / 04.01.2023
22073
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyatida “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dorilari yetti nafar bolaga nojo‘ya ta’sir qilgani ma’lum qilindi

Ularning to‘rt nafari sog‘aygan, uch nafari shifoxonaning jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.

Sirdaryo viloyatida “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dorilari yetti nafar bemor bolaga nojo‘ya ta’sir qilgan. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Oltinoy Esanova viloyat televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Ma’lum qilinishicha, bemor bolalarning to‘rt nafari sog‘aygan, uch nafari shifoxonaning jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.

Guliston shahar tibbiyot boshqarmasi bosh shifokori Yusuf Mirxonov esa 3 yanvar kuni o‘tkazilgan brifingda ikki nafar bemor bola Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialida shifokorlar nazorati ostida davolanayotganini ma’lum qilgandi.

Bemor bolalarda yuqori harorat, ishtahasizlik, nafas yo‘llarining shamollashi, peshob chiqishi va buyrak bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan.

Qayd etilishicha, ularga belgilangan tartibda yordam ko‘rsatilib, gemodializ bo‘limida gemodializ muolajalari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid