Viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi matbuot kotibining Kun.uz muxbiriga ma’lum qilişiça, Quvasoy şahrida yaşovçi, 2019 yilda tuğilgan A.N. Quvasoy şahar tibbiyot birlaşmasi bolalar bölimi yöllanmasi bilan 2022 yil 28 dekabr kuni soat 12:35 da filialning qabul diagnostika bölimiga olib kelingan. Qabul diagnostika bölimida kasallik tarixi yuritilib, bolalar reanimatsiya bölimiga yotqizilgan.
Ma’lum bölişiça, bemor şamollaşdan davolanişda uy şaroitida “Dok-1 Maks”siropini me’yoridan ortiq iste’mol qilgan. Mazkur siropdan taşqari u yana bir qança dori vositalaridan foydalangan.
Bemorga “Dok-1 Maks”siropidan ötkir zaharlaniş taşxisi qöyilgan. Bolada ötkir buyrak yetişmovçiligi kuzatilgan. Ota-onasining ma’lum qilişiça, bolada siydik çiqmasligi, qayt qiliş, qöl-oyoqlar şişişi holati kuzatilgan.
2022 yil 22 dekabr kunidan buyon bemor kasalligi yötal bilan boşlangan. Bolaning onasi dorixonadan “Dok-1 Maks”siropini şifokor tavsiyasisiz olgan va farzandiga 4 kun davomida 5 mldan 10 marta içirgan.
Hozirda bemorning ahvoli oğir bölib, bolalar reanimatsiya bölimida belgilangan tartibda davolanmoqda.
Qaşqadaryoda ham bir bola Dok-1 Maks siropidan vafot etdi
Samarqandda «Dok-1 MAKS» preparatini içgan 18 bola vafot etgani aytildi
“Jinoyat alomatlari mavjud” – SSV Dok-1 Maks siropi örganiş natijalarini ma’lum qildi
«Dok-1 MAKS» dorisi bilan boğliq gumonlanuvçilar DXX tomonidan hibsga olindi

















