Samarqand şahrida Dok-1 Maks dori vositasini qabul qiliş natijasida bolalarda turli nojöya ta’sirlar kuzatilgani xabar qilingandi. Soğliqni saqlaş vazirligi holat yuzasidan ötkazilgan tekşiruv natijalarini ma’lum qildi.

Vazirlikka köra, tekşiruv jarayonida mamlakatda ötkir respirator kasalliklarga çalingan 21 nafar bolaning 18 nafarida Dok-1 Maks siropini içiş natijasida ölim holati aniqlangan.

“Hindistonning “Marion Biotech Pvt. Ltd” kompaniyasiga tegişli “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositaci mamlakatimizda 2012 yildan röyxatga olinib, şu yildan savdoga çiqarilgan. Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi bergan ma’lumotga köra, har bir dori seriyalari tekşirilib, ularga muvofiqlik sertifikati berilgan. Yurtimizga uşbu preparat “Quramax Medical” MÇJ tomonidan import qilingan.

Tekşiruv jarayonida mamlakatimizda ötkir respirator kasalliklarga çalingan 21 nafar bolaning 18 nafarida Dok-1 Maks siropini içiş natijasida ölim holati aniqlandi.

Vafot etgan bolalar statsionar davolanişga kelguniga qadar uşbu preparatni uy şaroitida boşqa dorilar bilan birga, 2-7 kun davomida, kuniga 3-4 mahal 2,5-5 millilitrgaça qabul qilgan. Tabiiyki, bu bolaga me’yoridan ança ortiq miqdor hisoblanadi.

Barça bolalarga preparat şifokorlar retseptisiz berilgan. Dori vositasi tarkibidagi asosiy modda paratsetamol bölgani uçun Dok-1 Maks siropi ota-onalar tomonidan mustaqil yoki dorixona sotuvçilarining tavsiyasi bilan şamollaşga qarşi vosita sifatida notöğri qöllangan. Bu esa bemorlarning ahvoli yanada yomonlaşişiga sabab bölgan.

Vaholanki, paratsetamol faqat tana harorati 38-38,5 darajadan yuqori bölgandagina kuniga 1 yoki 2 marta 1 yoşgaça bolaga 100-125 milligramm, 1 yoşdan 3 yoşgaça 200 milligramm, 3 yoşdan 5 yoşgaça bolalarga esa 250 milligramm dozada berilişi kerak. Tana harorati me’yorida bölganda uşbu dori vositasini iste’mol qiliş qat’iyan man etiladi.

Bundan taşqari, olib borilgan dastlabki laborator örganişlar Dok-1 Maks siropining uşbu seriyasi tarkibida etilenglikol mavjudligini ham körsatdi. Uşbu modda zaharli bölib, taxminan 1-2 ml/kg 95 foiz konsentrlangan eritmasi bemor salomatligida jiddiy özgarişlarni, ya’ni qusiş, huşdan ketiş, tutqanoq, yurak-qon tomir tizimidagi muammolar va ötkir buyrak yetişmovçiligini keltirib çiqaradi”, — deyiladi vazirlik xabarida.