07:44 / 06.08.2023
20494

O‘zbekistonda yana zilzila sezildi

Afg‘onistondagi zilzila magnitudasi 5,9 ballni tashkil etgan.

Afg‘onistonda 6 avgust kuni soat 05:32 da sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning qator hududlarida sezildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, episentri Toshkentdan 536 kilometr janubiy-sharqda joylashgan zilzila magnitudasi 5,9 ball, chuqurligi 100 kilometrga teng bo‘lgan.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida – 4 ball;
  • Farg‘ona viloyatida – 4 ball;
  • Sirdaryo viloyatida – 3-4 ball;
  • Jizzax viloyatida – 3-4 ball;
  • Samarqand viloyatida – 3-4 ball;
  • Andijon viloyatida – 3-4 ball;
  • Qashqadaryo viloyatida – 3-4 ball;
  • Namangan viloyatida – 3-4 ball;
  • Toshkent shahrida – 3 ball.

Afg‘onistonda 5 avgust kuni sodir bo‘lgan zilzila ham O‘zbekistonning to‘qqizta hududida sezilgandi.

Top