22:56 / 12.08.2023
32185

Arab chempionlari kubogi. Ronaldu dubli evaziga «An-Nasr» bilan dastlabki sovringa erishdi

Foto: An-Nasr

Arab chempionlari kubogi finalida «An-Nasr» «Al-Hilol»ga qarshi maydonga tushdi.

Ar-Riyoddagi «Qirol Fahd xalqaro stadioni»da o‘tgan hal qiluvchi uchrashuvda «Al-Hilol» 51-daqiqada Mayklning goli evaziga hisobni ochdi. 71-daqiqada esa «An-Nasr» himoyachisi Al-Amri maydondan chetlatilgach, Ronaldu jamoadoshlari qiyin vaziyatda qolishdi.

Shunga qaramay, 74-daqiqada Krishtianu katta sahnaga chiqib, hisobni tenglashtirdi va jamoalar durang bilan qo‘shimcha bo‘limlarga chiqishdi – 1:1.

10 kishi bo‘lib qolganiga qaramay, hujumkorlikni davom ettirgan «An-Nasr» 98-daqiqada Ronalduning dubli evaziga kambek qayd etdi – 2:1.

120-daqiqagacha g‘alabani saqlab qolgan Luish Kashtru shogirdlari hakam hushtagi chalingach, dastlabki xalqaro sovrin qo‘lga kiritilganini bayram qilishdi. 38 yoshli Krishtianu jamoasiga dastlabki sovrinni taqdim etdi.

Arab chempionlari kubogi. Final.

12 avgust (shanba)

«Al-Hilol» – «An-Nasr» – 1:2 (0:0, 1:1, 1:2)

Gollar: 1:0 – Maykl (51), 1:1 – Ronaldu (74), 1:2 – Ronaldu (98).

«Al-Hilol»: Al-Ovays, Abdulhamid, Kulibali (Jafali, 83), Al-Bulayxi, Ash-Shahroni (Al-Burayk, 83), Kanno, Nevesh, Maykl (Al-Hamdan, 91), Ad-Dosari, Milinkovich-Savich, Malkom.

«An-Nasr»: Al-Aqidi, Al-G‘anam, Lajami (Al-Fotil, 80), Al-Amri, Aleks Telles, Al-Haybari (Konan, 80), Marselo Brozovich, Seko Fofana, Taliska (G‘arib, 91), Sadio Mane, Krishtianu Ronaldu.

Chetlatishlar: Al-Amri (71, An-Nasr), Navof (zaxira o‘rindig‘i), Kastro (zaxira o‘rindig‘i)

Top