Andijonda soydan yosh qizcha jasadi topildi. U qo‘shni respublikadan oqib kelgan
Jalaquduq va Xo‘jaobod tumanlari hududida farzandini yo‘qotgan oila aniqlanmagan. Jasad Qirg‘izistondan oqib kelgani ma’lum bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr
Andijon viloyati Jalaquduq va Xo‘jaobod tumanlari bo‘ylab oqqan seldan so‘ng bir qizning tanasi jonsiz holda topilgan. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qizning yoshi 5-6 larda ekani taxmin qilingan.
Avvaliga viloyat hokimligi Jalaquduq va Xo‘jaobod tumanlari hududidagi tezkor o‘rganishlar davomida ushbu hududlarda bu yoshdagi farzandini yo‘qotgan oila aniqlanmaganini ma’lum qildi.
«Bundan kelib chiqib, ushbu shaxs viloyatimizdan tashqari bo‘lgan, toshqin ro‘y bergan boshqa hududdan oqib kelgani taxmin qilinmoqda. Vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha axborotlar ma’lum qilinadi», deyiladi xabarda.
Hokimlik matbuot xizmatining keyingi xabarida soydan topilgan jasad qo‘shni Qirg‘izistondan oqib kelgani aytiladi.
«Xo‘jaobod tumanidagi Shahrixonsoydan topilgan taxminan 5-6 yoshli qizaloq O‘sh shahridagi oiladan ekani tasdiqlanmoqda. Yuborilgan fotosurat orqali O‘shdagi oila vakili bu qizaloq uning o‘z oilasidan ekanini tasdiqlagan.
Hozirda oila vakili Xo‘jaobod tumani sari yo‘lga chiqqanini bildirgan. Viloyat hokimligi va tegishli organlar tomonidan mazkur oilani qo‘llab-quvvatlash harakatlari tashkil etildi», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 2024 yil 14 iyul kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida tog‘ va adirliklarida kuzatilgan jala yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida Andijon viloyatida kuchli sel oqdi.
Oqbo‘ra soyida oqqan kuchli sel oqibatida Xo‘jaobod tumani Yorqishloq qishlog‘ida bitta ko‘prikni suv oqizib ketgan. Yana bitta piyodalar ko‘prigi qulab vayron bo‘lgan.
Bu vaqtda Qirg‘izistondagi ijtimoiy tarmoqlarda O‘shdagi qishloqlardan birida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan ayol 2005, 2014 va 2018 yilda tug‘ilgan qizaloqlari bilan oqib ketgani haqida xabar tarqalgan.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirishga intilyapti
Jahon | 13:53
-
AQSh Rossiya bank sektori va neftiga qarshi sanksiyalarni kuchaytiradi
Jahon | 13:52
-
Tramp bayonotidan rozi Falastin, Putinning otashkesim shartlari va Ozarboyjon takliflarini qabul qilgan Armaniston - kun dayjesti
Jahon | 13:51
-
Xitoy pandemiya kelib chiqishi masalasida vazminlikka chaqirdi
Jahon | 13:46
Mavzuga oid

11:47 / 23.02.2025
Andijonda 11 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi

17:09 / 25.01.2025
“O‘zbekistonda bunaqasi bitta”: Marhamatdagi aylana kutubxonaga sayohat

17:49 / 24.01.2025
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

11:45 / 29.12.2024