Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1-sinf uchun mikrohududdan tashqari maktablarga qabul boshlandi
1 avgustdan ota-onalar o‘z hududidan tashqarida joylashgan maktablarning 1-sinfi uchun ariza topshirishiga start berildi. Jarayon my.maktab.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
Foto: Kun.uz
Mikrohududdan tashqari maktablarning 1-sinfiga qabul 1 avgust kuni soat 11:00 da boshlandi. Ota-onalar farzandini bo‘sh o‘rinlarga joylashtirish uchun my.maktab.uz platformasiga ariza yuborishlari mumkin. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, arizalar yuborilgan vaqt ketma-ketligida qabul qilinadi. Belgilangan kvotaga mos ravishda arizalar qabul qilingandan so‘ng qabul jarayonlari avtomatik tarzda to‘xtatiladi.
Bola mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilinganidan so‘ng, mikrohudud bo‘yicha avval yuborilgan arizasi asosiy maktabga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-2025 o‘quv yili uchun mikrohudud doirasida 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlangandi. Reglamentga ko‘ra, qabul 2 bosqichda amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
14:48 / 10.11.2025
Endilikda sog‘liqni saqlash rahbarlarining kunlik qabuli mahallada o‘tkaziladi
16:00 / 18.10.2025
Bolalarni davlat maktablariga qabul qilishda eskirgan tartibotlar bekor qilinadi
12:38 / 16.09.2025
OTMga xorijiy fuqarolarni yangi portal orqali o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi
18:11 / 15.09.2025