Özbekistonda 2024-2025 öquv yili uçun 1-sinfga qabul 20 iyundan boşlanadi. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xabar qildi.

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqiçda amalga oşiriladi: 1-bosqiç - 20 iyundan 31 iyulgaça mikrohudud doirasida, 2-bosqiç - 1 avgustdan 15 avgustgaça mikrohududdan taşqarida.

1-sinfga qabul jarayonlari qator tuman (şaharlarda) elektron şaklda davlat xizmatlari orqali amalga oşiriladi. Bunda, ota-onalar 20 iyundan boşlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali röyxatdan ötib, ariza topşirişi mumkin.

Davlat xizmatlari körsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan öquvçilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi.

«Ta’lim töğrisida»gi qonunga muvofiq, bolalar 7 yoşga töladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017 yilning 31 dekabriga qadar tuğilgan bolalar qabul qilinadi.