Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Professional ta’lim muassasalariga tanlov boshlandi
Kirish test sinovlarida qatnashgan abituriyentlar 18-27 avgustgacha professional ta’lim muassasasi, kasb va mutaxassislik va ta’lim shaklini tanlashi mumkin.
Foto: xs.uz
2024/2025 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun professional ta’lim muassasalariga tanlov boshlanyapti. Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi ma’lum qildi.
Abituriyentlar 18-27 avgust, 10 kun oralig‘ida my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari kerak bo‘ladi. Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.
Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
Oldinroq, bakalavriat bosqichining yakuniy mandati natijalari e’lon qilingani haqida xabar berilgan edi. Talabgorlar kirgan yoki kirmaganliklarini bu yerdan bilib olishlari mumkin.
Mavzuga oid
13:09 / 25.09.2025
O‘qishga kirolmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha tanlov boshlandi
09:35 / 24.09.2025
Bakalavrda vakant o‘rinlarga ro‘yxatdan o‘tish 25 sentabrdan boshlanadi
15:51 / 22.09.2025
OTMlarda o‘qishga kirolmaganlar uchun qo‘shimcha qabul o‘tkaziladi
22:00 / 06.09.2025