Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada rekord darajada kuchli lazer yaratildi: u nimaga kerak?
Nazariy jihatdan ushbu lazer impulslari qisqa vaqt davomida 100 mingta changyutgichni ishga tushirish uchun yetarli quvvatga ega bo‘lardi.

Foto: Moritz Seidel / ETH Zürich
Tsyurixdagi Shvetsariya oliy texnika maktabi olimlari o‘ziga xos lazer qurilmasini yaratdi. Ushbu yangi texnologiya tarixdagi eng kuchli o‘ta qisqa lazer impulslarini hosil qiladi. Olimlarning ta’kidlashicha, nazariy jihatdan bu impulslar qisqa vaqt davomida 100 ming dona changyutgichni ishga tushirish uchun yetarli quvvatga ega bo‘lardi.
Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, lazer ko‘pincha uzluksiz va to‘plangan yorug‘lik nuri sifatida tasavvur qilinadi. Biroq uning boshqa turlari ham mavjud. Masalan, ilm-fanda ko‘pincha juda qisqa vaqt — soniyaning milliarddan bir qismidan ham kamroq davom etadigan qisqa impulslar zarur bo‘ladi. Bu yo‘nalishda Shveytsariya muhim yutuqqa erishdi.
Olimlar ishlab chiqqan lazer qurilmasi o‘rtacha quvvati 550 W bo‘lgan juda qisqa impulslar hosil qiladi. Bu avvalgi rekorddan 50 foiz yuqori. Noyob qurilma maksimal quvvati 100 MW’gacha bo‘lgan impulslarni yaratishi mumkin. Ular 1 pikosekunddan kam vaqt davom etadi — tadqiqotchilar buni “sekundning milliondan bir ulushining milliondan bir ulushi” deb ta’kidladi. Shu bilan birga, qurilma bir soniyada 5 million impuls ishlab chiqaradi.
Noyob ishlanmani yaratish uchun shveysariyalik mutaxassislar chorak asr davomida qisqa impulsli diskli lazerlarni takomillashtirish ustida izlanish olib bordi. Yaqinda ular ko‘zgularning maxsus joylashuvini qo‘lladi.
Ular lazer ichidagi yorug‘likni diskka bir necha marta yuboradi, shundan keyingina u chiqish ko‘zgusiga yetib boradi. Bu texnologiya yorug‘likni sezilarli darajada kuchaytirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, olimlar yarimo‘tkazgich materialdan maxsus ko‘zgu yaratdi. Unga tushayotgan yorug‘lik qanchalik kuchli bo‘lsa, ko‘zgu shunchalik ko‘p yorug‘likni qaytaradi.
Tadqiqotchilar ishlanma o‘z samarasini ko‘rsatganidan xursandligini ta’kidladi. Ularning aytishicha, yangi lazerdan turli sohalarda foydalanish mumkin. Masalan, u juda aniq soatlar yasashda qo‘l kelishi mumkin. Shuningdek, texnologiya turli materiallarga ishlov berishga yo‘naltiriladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

13:39 / 22.07.2025
O‘zbekiston JSTga qo‘shilish jarayonida Shveytsariya bilan muzokaralarni yakunladi

08:03 / 08.07.2025
Tehronda AQSh manfaatlarini ifodalovchi Shveytsariya dipmissiyasi qayta ochildi

14:27 / 03.07.2025
Shveytsariya G‘azodagi «oziq-ovqat tuzog‘i» - GHFʼni yopmoqda

14:25 / 03.07.2025