Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kurdiston ishchilar partiyasi tarqatib yuborilganini e’lon qildi
Avvalroq isyonchilar yetakchisi Abdulla O‘jalan Turkiyaga qarshi qurolli kurashni to‘xtatishga chaqirgan edi.
Foto: Reuters
Mustaqil kurd davlatini yaratish uchun Turkiyaga qarshi 40 yildan ortiq qurolli kurash olib borgan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) tarqatib yuborilganini e’lon qildi. Bu qaror partiyaning may oyi boshida bo‘lib o‘tgan 12-qurultoyi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan, deb yozdi Reuters.
Qurultoy delegatlari KIP kurd muammosini endi demokratik yo‘llar bilan hal qilishi mumkin degan xulosaga keldi. Shunday qilib, Kurdiston ishchilar partiyasi o‘z tarixiy missiyasini bajardi va o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Qurultoy 1999 yildan beri umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan KIP yetakchisi Abdulla O‘jalan 2025 yil fevralida tarafdorlarini qurolli kurashni to‘xtatish va Turkiya siyosiy tizimini demokratlashtirish va unga to‘liq integratsiyalashuvda ishtirok etishni boshlashga chaqirganidan keyin o‘tkazildi.
Abdulla O‘jalan turk kurdlarini qurol tashlashga chaqirdi U 1990 yillarning oxiridan beri umrbod qamoq jazosini o‘tamoqda.
Maqsadlarini Turkiyadagi kurdlarning milliy huquqlari uchun kurash va kurd davlatini barpo etish deb e’lon qilgan Kurdiston ishchilar partiyasi 1974 yil noyabrda tashkil topgan. 1984 yildan beri Turkiya hukumatiga qarshi qurolli kurash olib borayotgan edi. 40 yil ichidagi qurolli mojarolar davomida 40 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi.
KIP Turkiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan terrorchi tashkilot deb e’lon qilingan.
Mavzuga oid
14:45
Samarqand elektr tarmoqlari Turkiya kompaniyasiga operatsion boshqaruvga beriladi
17:36 / 01.12.2025
Qozog‘iston va Turkiya dengiz dronlari hujumi bo‘yicha Kiyevga norozilik bildirdi
11:08 / 01.12.2025
Kurdiston ishchi partiyasi Turkiya bilan yarashish uchun ikki shart qo‘ydi
08:30 / 29.11.2025