Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2 mlrd dollarlik investitsiya, 100 mln tonna neft va 35 mlrd kub metr gaz – SOCAR bilan imzolangan bitim tafsilotlari
Ozarboyjonning SOCAR kompaniyasi bilan hamkorlikda Ustyurt neft-gaz hududida 100 mln tonna neft zaxiralariga ega konni topish rejalashtirilyapti. Loyiha ishga tushirilgach, har yili 5 mln tonna neft qazib olinishi mumkin. Bu ayni paytdagi umumiy import hajmidan 2,5 barobarga ko‘p.
24 iyul kuni Energetika vazirligi, «O‘zbekneftgaz» va Ozarboyjon neft kompaniyasi (SOCAR) o‘rtasida mahsulot taqsimoti bo‘yicha bitim imzolangandi. Uning doirasida Ustyurt neft-gaz hududida geologik qidiruv ishlari olib boriladi va keyinchalik uglevodorodlarni qazish yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston 24 telekanali tayyorlagan videolahvada aniqlik kiritilishicha, ushbu bitimning qiymati qariyb 2 mlrd dollarni tashkil etadi. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, Ustyurt neft-gaz hududida 100 mln tonna neft va 35 mlrd kub metr tabiiy gaz zaxiralariga ega «ulkan» konni topish rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, loyiha ishga tushirilgach, har yili 5 mln tonna neft qazib olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu ayni paytdagi umumiy import – 2 mln tonnadan 2,5 barobarga ko‘p.

Ushbu loyiha O‘zbekistonning 25 yil davomida neftga bo‘lgan ehtiyojini qoplashi ta’kidlab o‘tilgan.
Avvalroq Ozarboyjonning SOCAR kompaniyasi O‘zbekiston energetika bozoriga kirayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:24 / 16.12.2025
Germaniya Ukrainaga investitsiya kiritish bo‘yicha yangi dasturni boshlayapti
15:20 / 15.12.2025
O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar: TOP-10 davlat ro‘yxati
12:08 / 10.12.2025
Tashish va saqlash sohasiga investitsiya oqimi barqaror o‘smoqda
23:13 / 05.12.2025