Prezident Şavkat Mirziyoyev 21 iyul kuni neft-gaz sohasida xorijiy hamkorlar bilan amalga oşirilayotgan işlar hamda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik çora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanişdi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, Ozarboyjonning SOCAR kompaniyasi bilan Ustyurtdagi konlarda qidiruv ötkazib, neft qazib oliş böyiça kelişuvga erişilgan. Birgalikda istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv işlarini olib boriş rejalaştirilgan.

Şuningdek, boşqa xorijiy davlatlar bilan murakkab konlarni özlaştiriş, sohani raqamlaştiriş, talab yuqori bölgan mutaxassislarni tayyorlaş kabi muhim yönalişlarda hamkorlik qilinyapti.

Yiğilişda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham körib çiqildi. Mutasaddilar buning uçun yetarli energiya işlab çiqariş, gaz omborlarida jamğariş va muvozanatli yetkazib beriş çoralari körilayotgani töğrisida axborot berdi.

Xususan, Talimarjon issiqlik elektr stansiyasida 1 ming 65 megavattli ikkita buğ-gaz qurilmasi, Sirdaryoda 1 ming 573 megavattli issiqlik elektr stansiyasi barpo etilmoqda. Ularning jami quvvati yiliga 20 milliard kilovatt-soat böladi.

Şuningdek, bu yil Toşkent, Namangan, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida jami 162 megavattli yangi gidro elektr stansiyalar işga tuşiriladi. Ularda yiliga 648 million kilovatt-soat elektr işlab çiqariladi.

Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida SOCAR bilan imzolanadigan tegişli hujjatlarni tayyorlaş yakuniy bosqiçga çiqayotganini aytib ötdi. Xususan, mahsulot taqsimoti töğrisidagi bitim joriy hafta oxiriga qadar imzolanişi rejalaştirilgan.

«Özbekneftgaz» kompaniyasi rahbari Bahodir Sidiqovning qöşimça qilişiça, mahsulotni taqsimlaş töğrisidagi bitim loyihasi allaqaçon işlab çiqilgan, asosiy şartlar SOCAR bilan kelişilgan va prezidentga taqdim etilgan.

Ma’lumot uçun, SOCAR Ozarboyjon davlat neft-gaz kompaniyasi bölib, 1992 yilda taşkil etilgan. Kompaniya neft va gaz qidiriş, qazib oliş, qayta işlaş, taşiş va sotiş bilan şuğullanadi.