Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Polsha avtomobil ehtiyot qismlarini birgalikda ishlab chiqarish imkoniyatlarini muhokama qildi
"O‘zavtosanoat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Davron Hidoyatov va Polsha Avtomobil sanoati uyushmasi prezidenti Yakub Farish o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Foto: "Dunyo" AA
Muzokaralar davomida ilg‘or tajriba va texnologiyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda ikki mamlakat korxonalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘z tashkilotlarining maqsad va vazifalari hamda O‘zbekiston va Polsha avtomobil sanoati salohiyati haqida fikr almashdilar. Har ikki mamlakatda avtotransport vositalari va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
Muzokaralar yakunida "O‘zavtosanoat" AJ rahbariyatining Polshaga va Polsha Avtomobil sanoati uyushmasi rahbariyatining O‘zbekistonga amaliy safarlarini tashkil etish hamda avtokomponent ishlab chiqaruvchilar va investorlar ishtirokida biznes-forum o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
15:56 / 02.02.2026
Polshaga Belarusdan yana havo sharlari uchib keldi
13:11 / 28.01.2026
Aushvitsda omon qolgan mahbus: jamiyatda nafrat yana kuchaymoqda
10:25 / 19.01.2026
O‘zbekiston, Polsha va Chexiya agrosohada hamkorlikni kengaytiradi
08:51 / 17.01.2026