Jahon | 00:37 / 21.08.2025
5719
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda avtobus YTHga uchrashi oqibatida 79 kishi halok bo‘ldi

Uch tomonlama to‘qnashuv oqibatida yirik yong‘in yuzaga kelgan va ko‘pchilik voqea joyidayoq halok bo‘lgan. 

Foto: AP

Afg‘onistonning Hirot viloyatida Erondan qaytayotgan avtobus mototsikl va benzin tashuvchi mashina bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 79 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Afg‘oniston IIV matbuot kotibi Abdul Matin Kaniga tayanib Independent nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, qurbonlarning 19 nafari bolalar bo‘lgan.

Tolo News agentligining ma’lum qilishicha, to‘qnashuv oqibatida yirik yong‘in yuzaga kelgan va ko‘pchilik voqea joyidayoq halok bo‘lgan. 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtobusdan faqat uch kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid