Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun.uz'da chiqqan 80 yoshli bog‘bon ham davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Foto: Kun.uz
Farg‘onalik bog‘bon Habibidin Ismoilov O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi arafasida davlat rahbari tomonidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
80 yoshli Habibiddin ota avvalroq Kun.uz'ning “Hayotiy hikoyalar” rukni qahramonlaridan biri bo‘lgandi.
Ushbu ruknda e’lon qilgan materialimizda aytganimizdek, Habibiddin ota Farg‘ona tumanining Oqbilol qishlog‘ida yashaydi. 3 gektar maydonda uzumbog‘ yaratgan. Qolaversa, anchagina qo‘ylari ham bor, qirlikda har kuni ularni o‘zi boqadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu farmoni bilan, shuningdek, Kun.uz'ning “Hayotiy hikoyalar” rukni boshqa bir qahramoni – oltiariqlik Zuhraxon Oripova “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.
Mavzuga oid
15:38 / 22.12.2025
Farg‘onada ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
12:58 / 15.11.2025
Ko‘ksaroyda Qosim-Jo‘mart To‘qayevga “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni topshirildi
18:29 / 13.10.2025
“Yaralanganda ham jangga kirishimiz buyurilgan” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit hikoyasi
09:16 / 30.09.2025