Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yozef Sikela bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bryusselga tashrif davomida xalqaro hamkorlik bo‘yicha Yevropa komissari Yozef Sikela bilan uchrashdi.
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘zaro munosabatlar bugungi kunda siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib bormoqda.
Muloqot davomida aniq loyiha va tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

"Hamkorlik yo‘lida, shu jumladan Markaziy Osiyo miqyosida ochilayotgan yangi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish muhimligi qayd etildi. Biz YeI bilan sheriklikni yanada kengaytirishga sodiqligimizni tasdiqladik", dedi Saida Mirziyoyeva.



Mavzuga oid
15:03
Saida Mirziyoyeva “Sehrlandiya” multfilmi haqida: “Bu – birinchi qadam”
20:18 / 19.12.2025
Saida Mirziyoyeva Walt Disney kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi
20:00 / 19.12.2025
Bryusselni «egallagan» traktorlar: Yevropa fermerlari nimadan norozi?
11:51 / 18.12.2025