Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushishi ma’lum qilindi
Milliy statistika qo‘mitasi 2026 yil fevral oyi uchun hududlar kesimida bir kilogramm palov tayyorlashning hisoblangan qiymatlarini e’lon qildi.
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi
Ma’lumotlarga ko‘ra, bir kilogramm palov tayyorlashning eng yuqori qiymati Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, u 118 ming 381 so‘mni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati — 116 ming 256 so‘m, Samarqand viloyati — 114 ming 383 so‘m va Toshkent viloyati — 113 ming 602 so‘m bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida mazkur ko‘rsatkich 112 ming 980 so‘m, Surxondaryo viloyatida 112 ming 292 so‘m, Navoiy viloyatida 111 ming 508 so‘m va Jizzax viloyatida 110 ming 160 so‘mni tashkil etgan.
Buxoro viloyatida 109 ming 455 so‘m, Namangan viloyatida 109 ming 704 so‘m, Xorazm viloyatida 108 ming 103 so‘m, Andijon viloyatida 106 ming 984 so‘m va Sirdaryo viloyatida 105 ming 337 so‘mlik qiymat hisoblangan.
Eng past ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilib, u yerda bir kilogramm palov tayyorlash qiymati 98 ming 927 so‘mni tashkil etgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, bir kilogramm palov tayyorlash uchun 0,3 litr kungaboqar yog‘i, 300 gramm piyoz, 700 gramm mol go‘shti, 1 kilogramm sabzi, 1 kilogramm guruch, 100 gramm no‘xat, 10 gramm zira va 20 gramm osh tuzi talab etiladi.
Qayd etilishicha, keltirilgan qiymatlar palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlar narxi asosida shakllantirilgan bo‘lib, ular hududlarda sotilayotgan tayyor palovning bozor narxini anglatmaydi.
Mavzuga oid
18:38 / 03.03.2026
Ro‘yxatga olishda 8,3 million xonadonda yashovchi aholi qamrab olindi
12:23 / 03.03.2026
2026 yil yanvarda yengil avto ishlab chiqarish 22 mingdan oshdi
16:05 / 06.02.2026
Statistika: 1 kilogramm palov tayyorlash qiymati bo‘yicha yangi hisob-kitoblar
14:06 / 01.12.2025