Hafta davomida Yaqin Şarqda uruş davom etdi, eronlik futbolçilar madhiya kuylaşi yana diqqat markazida böldi, Amerika ramzi dollarning yangi kupyuralari Trampning imzosi bilan çiqariladigan böldi, Ukraina Saudiya Arabistoni bilan harbiy bitim imzoladi. Quyida haftaning şu va boşqa muhim xabarlarini yodga olamiz.

Uruş davom etdi

Yaqin Şarqda fevral oxirida boşlangan uruş hamon davom etmoqda. Amerika intensivlikni pasaytirdi, çunki Trampning aytişiça, «Eronda uradigan nişonning özi qolmagan». Isroil esa har zamonda biror eronlik mulozimni öldirmoqda. Tramp töğri aytdi, hozir Eronda heç kim yuqori lavozimlarni egallaşni istamayapti, çunki Larijoniy kabi davlat nomidan gapirganlar öldirib yuborilyapti.

Lekin AQŞ va Isroil uruşdan nima közlayotgani aniq emas. Hozir faqat Hörmuz böğozi bloklanişi asosiy muhokama mavzusi. Amerikaning harakatsizligiga qaraganda ular ham böğoz yopiq qolişiga qarşi emasdek. Bölmasa Eron oliy rahbarini bir neça soatda öldirgan Amerika uçun birgina böğozni oçiş muammo tuğdirmasligi kerak. Balki amerikaliklar neft narxi yetarliça oşmagan deb hisoblayotgandir. Ma’lumot uçun, hozir brent neftining bir boçkasi uçun bozor 106 dollar taklif qilyapti.

Qizçalar xotirlandi

Eronlik futbolçilar madhiya payti nima qilgani yana muhokama markazida. Uruş boşlanganda butun dunyo Eron madhiyasini kuylamagan eronlik ayol futbolçilarni muhokama qilgandi, bu gal Eron erkaklar milliy jamoasi futbolçilari muhokama markazida böldi. Antalyada Nigeriyaga qarşi örtoqlik öyinida maydonga tuşgan eronliklar mamlakat madhiyasi ijro etilayotganda Amerika aviazarbasi sabab halok bölgan öquvçi qizlar xotirasiga hurmat körsatib, qiz bolalar portfelini kötarib turişdi.

Albatta, eronlik futbolçilar uruş içidagi mamlakati madhiyasini Gattuzo, Buffon, Bonuççi kabi kuylagani yöq, ba’zi futbolçilar xohlamaygina oğiz qimirlatib turdi. Katta ehtimol bu aksiya Eron hukumati tomonidan amalga oşirilgan. Şunday bölsa-da, qonli uruş qurboni bölgan maktab öquvçilarini bunday xotirlaş juda ta’sirli böldi.

«Bu NATOning uruşi emas»

Amerika eng yaqin ittifoqçisi Isroil bilan birga Eronda uruş boşlaganidan keyin prezident Tramp NATO Amerikaga yordam bermayotganiga köp urğu beryapti. Yaqinda yana şu haqda gapirgan Tramp «Bizga NATOdan heç narsa kerak emas, lekin heç narsani unutmaymiz», dedi.