Isroilda falastinliklarni kamsituvçi qonun, Hörmuzda yoqib yuborilgan Kuvayt tankeri va Germaniyaga kelgan Aş-Şar’a – kun dayjesti
|21:20 / 31.03.20266 29110 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Isroilda falastinliklarga ölim jazosini belgilovçi qonun qabul qilindi
Isroil parlamenti – harbiy sudlarda qonli hujumlar sodir etişda aybdor deb topilgan falastinliklarga ölim jazosini belgilovçi qonunni qabul qildi.
Tanqidçilarning ta’kidlaşiça, qonun faqat «Isroil mavjudligiga çek qöyişni» maqsad qilgan hujumlarni sodir etganlarga nisbatan qöllanadi. Bu esa ölim jazosi falastinliklarga nisbatan qöllanişini, lekin şunga öxşaş jinoyatlarni sodir etgan isroilliklarga nisbatan qöllanmasligini anglatadi.
Uşbu çora hukm çiqarilganidan keyin 90 kun içida osiş orqali qatl etişni talab qiluvçi qoidalarni öz içiga oladi. Ba’zi keçiktirişlarga ruxsat beriladi, biroq afv etiş huquqi mavjud emas. Qonun ölim jazosi örniga umrbod qamoq jazosini tayinlaş imkoniyatini ham közda tutadi, biroq bu faqat noaniq «maxsus holatlarda» qöllanişi mumkin.
Isroil 1954 yilda qotillik uçun ölim jazosini bekor qilgan edi. Ğarbiy sohildagi harbiy sudlar hozirgaça ham falastinlik aybdorlarni ölimga hukm qiliş vakolatiga ega, biroq ular amalda bunday qilmayotgandi.
Uşbu qonun loyihasi öta öng milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir tomonidan ilgari surildi. U ovoz beriş arafasida sirtmoq — dor şaklidagi nişon taqib yurgan.
Falastin prezidenti Mahmud Abbos uşbu qonunçilikni xalqaro huquqning buzilişi va falastinliklarni qörqitişga qaratilgan muvaffaqiyatsiz uriniş deb qoraladi.
Isroildagi Fuqarolik huquqlari assotsiatsiyasi uşbu qonun ustidan Isroil Oliy sudiga apellyatsiya berganini ma’lum qildi. Isroilning B'Tselem huquqni muhofaza qiliş guruhi Ğarbiy sohildagi harbiy sudlarda aybdor deb topiş darajasi 96 foizni taşkil etişi va iqrorlik körsatmalari qiynoqlar orqali olinişini aytib keladi.
Uruş davom etmoqda. Tramp arablardan pul olmoqçi
30 mart kuni Eron Dubay qirğoqlarida xom neft bilan töla tankerga hujum qildi va uni yoqib yubordi. Kuvayt bayroği ostidagi «Al-Salmi» kemasiga qilingan uşbu hujum — Hörmuz böğozida savdo kemalariga qilingan navbatdagi zarba böldi.
Mavzuga oid
Kuvayt tomoni qiymati 200 million dollardan ortiq bölgan, taxminan 2 million barrel neft taşiş quvvatiga ega tankerdagi hujum haqida xabar bergaç, dunyo bozorlarida xom neft narxi yana keskin kötarildi.
Kema egasi bölgan «Kuwait Petrolium» zarar darajasi baholanayotganini bildirdi va neft tökilişi ehtimolidan ogohlantirdi. Dubay rasmiylari keyinçalik dron hujumiga uçragan tankerdagi yonğinni nazorat ostiga olişga muvaffaq bölgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.
Uruşda tomonlarning hujumlari susayiş alomatlarini körsatmayapti va keng kölamli mojaro xavfi ortib bormoqda. Eron tarafdori bölgan husiyçilar sönggi kunlarda Isroilga raketa va dronlar otiş orqali uruşga qöşildi. Turkiya esa Erondan uçirilgan ballistik raketa NATOning mudofaa tizimlari tomonidan urib tuşirilganini ma’lum qildi.
AQŞ armiyasining elita 82-havo-desant diviziyasining minglab askarlari Yaqin Şarqqa yetib kelmoqda. Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt keyinroq Tramp Tehron bilan özi belgilagan 6 aprel muddatidan oldin kelişuvga erişmoqçi ekanini aytdi. Levittning sözlariga köra, Eron bilan muzokaralar olğa siljimoqda va Tehronning ommaviy ravişda aytayotganlari AQŞ rasmiylari bilan şaxsiy uçraşuvlarda aytayotganlaridan farq qiladi.
Reutersʼning yozişiça, Tramp arab davlatlaridan uruş xarajatlarini tölaşni söraşni körib çiqyapti. Levitt jurnalistning bu ğoya haqidagi savoliga javoban: «Bu uning xayolidagi ğoya ekanini bilaman va öylaymanki, bu haqda undan yana köproq eşitasiz», dedi. Şu kunlarda Tramp ma’muriyati Kongressdan ham uruş uçun qöşimça 200 milliard dollar mablağ söragan. Uşbu sörov yangi xarajatlarni tasdiqlaşi kerak bölgan AQŞ Kongressida keskin qarşilikka uçramoqda.
Hindiston aholisini sanamoqçi
Dunyoda eng köp aholiga ega deb hisoblanadigan Hindistonda aholini sanaş jarayoni boşlandi. Milliarddan oşgan har bir kişini sanab çiqiş uçun 3 milliondan ortiq hind amaldorlari jalb qilinadi. Bu ulkan vazifa pandemiya sabab keçiktirilgan edi.
Hukumatning ma’lum qilişiça, har ön yilda bir marta ötkaziladigan aholini röyxatga oliş jarayoni 1 apreldan boşlanadi. Dastlab özini onlayn röyxatdan ötkazişni istagan fuqarolar uçun qisqa muddat beriladi. Şundan söng uyma-uy yurib ötkaziladigan ikki bosqiçli jismoniy sörovnomalar boşlanadi.
Rasmiylarga köra, aholini röyxatga oliş jarayonida kastalar — tabaqalar haqidagi ma’lumotlar ham töplanadi. Bu yordam oluvçilar sonini aniqlaş uçun kerakligi aytilmoqda.
BMT Aholişunoslik jamğarmasi ma’lumotlariga köra, 1,4 milliarddan ortiq aholiga ega bölgan Hindiston 2023 yilda aholi soni böyiça Xitoydan özib ketgan edi. Tahlilçilar va iqtisodçilar Hindiston aholisining hajmini xavotirli holat deb hisoblamaydi. Balki malakali işçilarning katta zaxirasini yaratiş imkoniyati sifatida qaraydi.
Livanda BMT tinçlikparvarlari öldirildi
Duşanba kuni Isroil Bayrutdagi «Hizbulloh» foydalanadigan infratuzilmaga raketa zarbalari berdi. Natijada Livan poytaxti uzra qora tutun qopladi. Livan janubidagi hujumlarda BMTning indoneziyalik uç nafar tinçlikparvar askari halok böldi.
Indoneziya voqeani qoraladi va tinçlikparvar askarlarga yetkazilgan har qanday zarar qabul qilinmasligini bildirdi, şu bilan birga «Isroilning Livan janubidagi hujumlarini» ham qoraladi.
Isroil harbiylari uşbu hodisadan xabardor ekanini va ular «Hizbulloh» yoki harbiylar faoliyati natijasida yuz berganini aniqlaş uçun har tomonlama körib çiqilayotganini aytdi.
Isroilning Livanga bergan zarbalari natijasida 1240 dan ortiq odam halok bölgan. Livan Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, dam oliş kunlari Isroil zarbalari oqibatida kamida 10 nafar tibbiyot xodimi halok bölgan. Şanba kuni öz avtomobiliga berilgan Isroil zarbasi natijasida uç nafar jurnalist ham halok böldi. Isroil harbiylari duşanba kuni Livan janubidagi janglarda oltinçi askari halok bölganini aytdi.
Isroil Livan çegarasidan qariyb 30 km şimolda oqib ötuvçi Litani daryosigaça bölgan bufer zona – mustaqil davlat hududini bosib olmoqçi. Uning quruqlikdagi qöşinlari Livan çegarasidagi şaharlarga bostirib kirib, u yerda uylarni vayron qilmoqda.
Aş-Şar’a Germaniyaga keldi
Germaniya kansleri Fridrix Mers va Suriya prezidenti Ahmad aş-Şar’a kelgusi uç yil içida olmon yurtidagi suriyaliklarning 80 foizi öz vataniga qaytişiga umid qilmoqda.
Berlinda Aş-Şar’a bilan bölib ötgan uçraşuvdan söng sözga çiqqan Mers Suriyadagi vaziyat «hozirda tubdan özgargani»ni aytdi. Şu sababli migrantlarning «himoyaga bölgan ehtiyoji qayta baholanişi lozim». Biroq qaytiş jarayoni qanday amalga oşirilişi böyiça tafsilotlar kam böldi.
Germaniyadagi millionga yaqin suriyaliklarning aksariyati 2015 yildagi qoçqinlar inqirozi paytida, sobiq kansler Angela Merkel fuqarolar uruşidan qoçganlar uçun çegaralarni yopmaslik haqida qaror qabul qilganida kelgandi. Ammo bu Merkel uçun siyosiy yukka ham aylandi va migrantlarga qarşi kampaniyalar boşlanişiga sabab böldi.
Xususan, Germaniyada immigratsiyaga qarşi partiyani qöllovçilar soni oşgaç, Mers hukumati ham migrantlarga nisbatan qattiqroq siyosat yurita boşladi. Uning sözlariga köra, dastlabki ustuvor vazifa «yaşaş huquqi muddati tugaganlar», ayniqsa, jinoyatçilarni qaytariş böladi. Ammo u boşqalar ham ularning ortidan borişini qöşimça qildi.
Mers suriyalik şifokorlar va qarovçilar xohişlariga köra qolişlari öz mamlakati manfaatlariga mos kelişini aytdi. Şar’aning ta’kidlaşiça, Suriya Germaniya fuqarolar uruşi davrida qoçqinlar uçun öz eşiklarini oçganini heç qaçon unutmaydi. Suriya yetakçisi şuningdek, migrantlarning tartibli migratsiyasini taşkil qiliş haqida gapirgan.
Zelenskiy safardan mamnun
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Yaqin Şarq mamlakatlariga qilgan safarini muvaffaqiyatli deb e’lon qildi va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik böyiça bir qator kelişuvlar imzolanganini aytdi.
Zelenskiy arablarga Eron tomonidan uçirilgan dronlar hujumiga qanday qarşi turiş böyiça Ukraina tajribasini taklif qilgandi. U Rossiyaga qarşi tört yil davom etayotgan uruşda orttirilgan Ukraina texnologik bilimlarini tarğib qildi.
Kiyevga qaytganidan söng Zelenskiy Saudiya Arabistoni, BAA va Qatar bilan «tarixiy» xavfsizlik kelişuvlariga erişilganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, Ukraina Iordaniya va Kuvayt bilan ham iş olib bormoqda, yana ikki davlat — Bahrayn va Ummon ham qiziqiş bildirgan.
Zelenskiy qurol-yaroğ savdosi hukumat darajasida hal qilinişi kerakligini ta’kidlab, biznes tuzilmalarini mijozlar bilan töğridan töğri aloqa qilişdan ogohlantirdi.