Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 12 aprel, yakşanba. Ötgan yil 12 aprel şanba kuniga töğri kelgan va öşa haftadagi dayjestda Yuriy Gagarin kosmosga çiqqani haqida gapirganim esimda. Bugun sözboşida yomğirdan keyin Samarqand şahri köçalarini suv bosgani haqida gapirişni rejalaştirgandim, lekin öylab qarasam, bu yangilik emas, har bahorda takrorlanadigan holat. Keling, sözimizni şu kunlarda insoniyatni yangi bosqiçga olib çiqqan çinakam katta voqea bilan boşlaymiz.

«Artemis II» kosmik kemasi tarixiy Oy missiyasini yakunlab, eson-omon Yerga qaytdi. Amerika milliy koinot boşqarmasi NASA yillar davomida tayyorlangan missiyani muvaffaqiyatli yakunladi. Uç amerikalik va bir kanadalik fazogir Yer orbitasidan rekord darajada uzoqlaşdi, Yer «botişi» kabi unikal kadrlar olib, Oyning ort tomoniga ötib çinakam olamşumul işlarni amalga oşirişdi.

Bu missiya şunçaki rasm oliş, «Amerika boşqalardan zör ekanini körsatiş uçun» qilingani yöq, fazogirlar örgangan yangiliklar asosida köplab tadqiqotlar qilinadi, inson koinotga yanada yaqinlaşadi.

Butun insoniyatni bu ajoyib tarixiy missiya bilan tabriklasak böladi. «Artemis II» havo kemasi 12 aprel — koinot kuni arafasida Yerga qaytgani ham ma’joziy ma’no ifodalayotgandek. Albatta, Amerika Rossiyadan yaxşiroq ekanini isbotlaşga urinmaydi, oxirgi yillarda oradagi farq haddan taşqari kattalaşib ketdi, lekin baribir Vaşingtonda ham zimdan raqobatni his qilişadi. Birinçi bölib insonni kosmosga uçirgan davlat bugun nimalar bilan band ekani-yu, raqobatçilar qayerda yurganini qarang... Biz doimgidek haftaning eng muhim voqealarini birgalikda eslaymiz.

Sulh

Hafta davomida Amerika prezidenti Tramp Eron bilan ikki haftalik sulh e’lon qildi. Oldinroq Oq uy rahbari Eronga «butun tamaddunni yöq qiliş» bilan tahdid qilgandi. Bu tahdid yadroviy zarba bölişi mumkinligi taxmin qilindi. Lekin dedlayn tugaşiga bir neça soat qolganida Tramp Erondan taklif olgani, uning asosida muzokara ötkazişga tayyorligini aytdi.

Bu bayonotdan keyin Eron Hörmuz böğozini oçdi. Lekin köp ötmay har ikki tomon sulhni buzganini aytib bir-birini ayblab çiqdi. Eron Isroilning Livanga hujumlari sulhni buziş ekanini bildirdi, çunki «Hizbulloh» ham sulhga qöşilgandi. Uruşning eng asosiy taşabbuskori Isroil köp ötmay Livan bilan muzokara boşladi.

Tramp Eron bilan muzokara ötkaziş uçun Pokistonga vitse-prezident Jyey Di Vensni yubordi. Bu Amerika prezidenti uruşni tugatmoqçi degani, çunki jamiyatda norozilik kuçayib ketdi. Katta ehtimol bu muzokaralardan keyin tomonlar kelişuvga erişadi va uruş tugaydi. Bu Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaraga öxşamaydi, bu yerda ikki duşman örtasidagi farq juda katta. Eron uzoq uruşga bardoş berolmaydi. Va har qanday holatda Eron hukumati uruşda ğalaba qozongani haqida e’lon qila oladi. Hatto Amerika bilan yadro kelişuvi imzolasa ham.