O‘zbekiston | 13:32
2185
2 daqiqa o‘qiladi

Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi

Sun’iy intellekt yaratgan surat

Bosh prokuratura huzuridagi Departament migratsiya sohasidagi korrupsion sxemani fosh qildi. Tergovda aniqlanishicha, uyushgan jinoiy guruh Koreyaga ishga yuborish uchun rasmiy to‘lovlardan tashqari odamlardan 7-12 ming dollardan, qariyb 90 mln dollar yig‘ib olgan.

Ta’kidlash kerakki, Kun.uz Koreyaga ishlash uchun borish jarayonida korrupsion sxema borligi haqida 2023 yilda bir qator surishtiruvlar e’lon qilgan edi.

Xususan, bu surishtiruvlardan birida 2022 yilda Koreyaga ishga yuborish bo‘yicha 4 ta imtihondan 2 tasi ommaga e’lon qilinmasdan, imi-jimida o‘tkazib yuborilgani ma’lum bo‘lgan edi.

O‘sha yilgi boshqa bir maqolamizda 12 ming dollar pora bermagan yuzlab odamlar “ko‘zingiz yaxshi ko‘rmaydi” degan bahona bilan imtihondan yiqitilgani aytilgan edi. Bu bahona yolg‘on bo‘lgani keyinchalik o‘z tasdig‘ini topgandi.

Kun.uz'ning yana bir surishtiruvida Migratsiya agentligidagi shubhali harakatlar videoga tushib qolgani haqida so‘z yuritilgandi.

Boshqa bir materialda esa huquq organlarini Koreyaga ishga yuborishdagi korrupsion sxemani taftish qilishga chaqirgan edik.

Lekin o‘shanda tegishli idoralardan reaksiya bo‘lmagan, tanqidlarni hazm qilolmagan Migratsiya agentligi esa Kun.uz ustidan AOKAga shikoyat qilgan edi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid