Boş prokuratura huzuridagi Departament migratsiya sohasidagi korrupsion sxemani foş qildi. Tergovda aniqlanişiça, uyuşgan jinoiy guruh Koreyaga işga yuboriş uçun rasmiy tölovlardan taşqari odamlardan 7-12 ming dollardan, qariyb 90 mln dollar yiğib olgan.
Ta’kidlaş kerakki, Kun.uz Koreyaga işlaş uçun boriş jarayonida korrupsion sxema borligi haqida 2023 yilda bir qator suriştiruvlar e’lon qilgan edi.
Xususan, bu suriştiruvlardan birida 2022 yilda Koreyaga işga yuboriş böyiça 4 ta imtihondan 2 tasi ommaga e’lon qilinmasdan, imi-jimida ötkazib yuborilgani ma’lum bölgan edi.
Öşa yilgi boşqa bir maqolamizda 12 ming dollar pora bermagan yuzlab odamlar “közingiz yaxşi körmaydi” degan bahona bilan imtihondan yiqitilgani aytilgan edi. Bu bahona yolğon bölgani keyinçalik öz tasdiğini topgandi.
Kun.uz'ning yana bir suriştiruvida Migratsiya agentligidagi şubhali harakatlar videoga tuşib qolgani haqida söz yuritilgandi.
Boşqa bir materialda esa huquq organlarini Koreyaga işga yuborişdagi korrupsion sxemani taftiş qilişga çaqirgan edik.
Lekin öşanda tegişli idoralardan reaksiya bölmagan, tanqidlarni hazm qilolmagan Migratsiya agentligi esa Kun.uz ustidan AOKAga şikoyat qilgan edi.

















