3 may kuni «Turkiston» saroyida Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi ta'sis etgan «Oltin qalam» XII Milliy mukofotini topşiriş marosimi bölib ötdi.

Bu yilgi «Oltin qalam» tanlovida 520 jurnalist 9 ming 500 ga yaqin materiali bilan qatnaşdi. Boş Milliy mukofotga «Tafakkur» jurnali tahririyati sazovor böldi. Ğolib jamoa maxsus diplom, «Oltin qalam» kökrak nişoni, statuetkasi va mamlakatimizda belgilangan eng kam iş haqining 200 barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi. Internet jurnalistika yönalişida qatorasiga ikkinçi yil «Kun.uz» muxbiri sovrindor böldi. 

«Oltin qalam» XII mukofoti uçun xalqaro tanlov ğoliblari va sovrindorlari

Bu yilgi taqdimotdan keyin jamoatçilikda tanlovning ötkazilişi tartibi köpdan-köp e'tirozlarga sabab bölmoqda. 

Taniqli jurnalist Sanjar Saidning «Oltin qalam-2017» kimlarningdir şaxsiy tomorqasiga aylangan tanlov bölib qolgani haqidagi keskin fikrlari ortidan boşqa bir nomdor jurnalist Behzod Qobulov bu mavzuga ança bosiqlik bilan atrofliça töxtaldi.

Behzod Qobulov internet jurnalisti ham hisoblanib, «Kun» saytida «Öqituvçiga osilmagan sen qoluvding özi!», «Jurnalistlar uçun yaşil çiroq yondimi?», «Örta Çirçiq dehqon bozori»da: Tartibsizlik, terminal muammosi va muxbirni sotib olişga uriniş», «Çempion-2016. Bekobod şamoli Braziliyada esdi» va «Öqituvçi yon daftaridan: Milliy ğoya fanini öqitişda yangiça yondaşuv»