Taniqli bloger va jurnalist Behzod Qobulov öz blogida «Sabablarning sabablari» nomli maqolasini joylaştirdi. U bu safar televideniyeda özgarişlar röy berişini kutib hafsalasi pir bölgani, telejurnalistlar ham tanqid qiliş kerak ekan deb beçora öqituvçini nişonga ola boşlaganini afsus bilan bayon qilgan.

Nimalar deyişmaydi-ya, bu odamlar... Şu kunlarda Qaşqadaryodagi bir maktab haqida «Madaniyat...» kanalida uzatilgan tanqid qizğin muhokama qilinayapti.

Mazkur videoni körarkanman: «Bu jurnalist gölmi yoki özini merovlikka olayaptimi?», deb öyladim. Madaniyat kanalimi yoki madaniyatsizlikmi? Maktabda konferensiya bölayotgan bir paytda öqituvçini xonadan izlaş mantiqqqa töğri keladimi, xonim? Özingiz ham maktabda ayollar bayrami yoki Navröz nişonlanganda qaqqayib darsda ötirmagandirsiz? Bunday paytda hamma hovlida yuradi, heç qanaqasiga dars bölmaydi! Bunda öqituvçi aybdor emas!.. Matnni mudhiş bir alfozda öqib, bu holat «kişini öylantiradi», «kişini xavotirga soladi», «kişini undoq-mundoq qiladi» deb jaqquşlik qilgan jurnalist yigit ham anoyiroqmi, deyman. Oğayni, öqituvçini namunça titkilaysan, unga osilmagan sen qoluvding özi! Sen özing kişini ahmoq qilayapsan-ku... Aslida, dars ötilayotgan binoni, şaroitni körib, öşa qaşqadaryolik öquvçiyu ustozlarni birma-bir quçib yiğlaging keladi-yu, ularga haykal qöyiş kerak-ku!.. Gap nimadaligi, muammoni ularning özi içkin bir öksiklik bilan aytib turibdi-ku!

Bugun – matbuotga tanqid uçun ruxsat berilgan, davlat rahbarining özi buni talab qilib turgan bir paytda, lattaçaynar jurnalistlar «Bismillo» deb, oynaga qarab, öziga tupurişni boşladi. Yelkasidagi yağiri hali bitmagan, kattayu kiçik haşarlardan qöli böşamayroq turgan öqituvçiga ta'na toşlarini otiş, meni nazarimda, öziga tupuriş. 

Yana bir qiziq holat. Ikki kundirki, barça saytlarda davlat rahbarining videoselektorda TV haqida gapirganiyu, tanqidiy körsatuvlar tayyorlaş yuzasidan topşiriq berganini yozişdi. Xöp. Şunça yaxşi gaplar bölibdi, qani, telekanallarimizni bir köraylikçi, «Axborot»jon lola sayli yaqinligi haqida sözböron boşlaydimi yoki «döllirçi bratanlar»ni iqtisod duşmanlari etib körsatadimi, degandek xayol keldi. Yöq. Şoşma. Nimanidir unutdim. Meni tentakka çiqarsangiz ham kallamga kelgan utopiyani aytaman. Xullas, tasavvur qildimki, şundoq Televizorni yoqsam, jonsarak muxbirlar Markaziy bankning kattasini, Moliya sohasi boşida turganlarni yirik planda körsatib: «Pulimizani maqivossila?» deb savolga tutsa... Bir çöçib, tuşimmi-öngimmi, yopiray, deb narigi kanalga olsam, test markazining rahbari «Bunker, kalla, RG, şpargalka, X variant uçun xalqimizdan uzr sörayman», deb ökinib, astoydil köz yoş tökib öltirgan bölsa... Stop. Bu xayol. Keçirasiz, baçkanalik qildim.