Bloger Behzod Qobulov öz blogida Rio-2016 qahramonlaridan biri, bekobodlik boksçi Fazliddin Ğoibnazarovning xonadonidan uyuştirilgan reportajni taqdim etdi.
Quyida post muallif roziligi bilan qayta naşr etilgan.
Bekobod şamoli Braziliyada esdi
Fazliddin Ğoyibnazarovning oltin medal olgani haqidagi xuşxabar bir zumda yurtimiz böylab yoyildi. Bozor-u guzarlarda özgaça surur, iştiyoq, kötarinki ruh paydo böldi. "Kördingmi, mana bundoq qilib tuşirdi!" deydi zavqqa tölgan bobolar bir-biriga.

Yöldagi öylar
Bekobod farzandi Fazliddin Ğoyibnazarov Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida bölib ötgan XXXI yozgi Olimpiya öyinlarining boks böyiça vazni 64 kilogrammgaça bölgan sportçilar örtasidagi hal qiluvçi bahsda ozarbayjonlik Lorenzo Kollazo Sotamayorni mağlubiyatga uçratib, şohsupaning eng yuqori poğonasiga kötarildi va çempionatning oltin medali bilan taqdirlandi.
Ğolib sportçi şarafiga vatan bayroği kötarilib, madhiya yangraganda, uning közlaridan oqqan quvonç yoşlari nafaqat bekobodliklarni, balki butun özbek xalqini hayajonga soldi. Zero, Olimpiada öyinlaridek nufuzli musobaqada beş jang ötkazib, ularning barçasida ğalaba qozonişning özi bölmaydi. Buni sport bilan şuğullanganlar yaxşi biladi.
2015 yilning 6-15 oktabr kunlari Qatarning Doha şahrida boks böyiça ötkazilgan XVIII Jahon çempionatida kumuş medal bilan taqdirlanib, yozgi Olimpiada öyinlarida iştirok etiş uçun yöllanmani qölga kiritgan viloyatimiz vakili Fazliddin Ğoyibnazarov muxbirimizga bergan intervyusida Rio Olimpiadasidan albatta medal bilan qaytişini aytgan edi. Mard va jasoratli öğlon öz sözining ustidan çiqdi. U nafaqat medal bilan, balki boks tarixiga özining, Vatanimizning nomini zarhal harflar bilan yozib qaytdi.
Şunday öylar oğuşida, obod manzillar, sölim boğ-roğlar oralab Bekobod şahriga yetib keldik. Yölda uçragan dastlabki kişidan söraymiz: "Çempionni uyi qaysi tomonda?". "Boravering, töğri ketayapsizlar, öşa tomonda" deydi yölovçi mamnun kulimsirab. Voqean, uning şu bir oğiz sözi dilga yana ajib bir çöğ taşladi. "Ha, eng töğri yöl – Vatanga şaraf keltiradigan yöl", deb öyladik.




















