Jurnalist va bloger Behzod Qobulov matbuotda röy berayotgan özgarişlar haqida qalam tebratdi. Uning blogida "Kundan kun yaxşi..." sarlavhali post joylangan. Quyida uşbu post özgartirişlarsiz qayta naşr etiladi.
Qoyil! Matbuot tili köz öngimizda özgarib borayapti. Yaşirib nima qildim, avvallari ÖzAni umuman kuzatmasdim. Tiling aylanmaydigan iboralar, bir tiyinga qimmat yondaşuvlar, "Mustaqilligimiz şarofati bilan ölkamizga bahor kirib kelmoqda", "Olamşumul rejalar muhokama qilindi va galdagi vazifalar belgilab olindi" qabilidagi yaltoqi jumlalar işlab çiqaruvçi taşkilot, deb qarardim.
Şunday. Bu davr – ÖzAning eng şarmandali yillari ölaroq tarixga kirsa ajabmas. Bugun-çi? Otaxon-u onaxon gazetalar mum tişlab öltirgan bir paytda boş axborot mahkamasi matbuotga iliq ob-havo olib kira boşladi. Eng birinçi bölib ularning özi eng kiçik axborotda ham qandaydir ijodiy "priyom" saqlanişini ta'minlayaptilar. Muallif "ölmayapti"! Kim yozganini bilib bölmaydigan, ikki tomçi suvdek biri-biriga öxşaş maqolalar yöq endi. Eng qaltis, nozik mavzular, deylik, davlat rahbarining joylarga taşriflari bayoni ham soatma-soat, tezkorlik bilan tarqatilayapti. Iye, neçuk, deya ajablanib öqiysiz – baloday, gaplar hartugul tobora öqlovli, dadil, indallosi – "avvalgilarga öxşamas..." Töğri, ayni matnning matbuot uçun möljallangan varianti keçroq, tun yarmidan oqqanda alohida kanal orqali uzatilişi "an'anasi" hamon bor, binobarin, bu boşqa masala, ammo axborot qirolligida (bir suhbatda ÖzA haqidagi şunaqa ta'rif öqigandim) jurnalist degan mardum, va nihoyat, paydo böla boşladi. Ha, tirik jurnalist! Bugun ÖzA uzatgan xabarlarni muallifsiz öqigan taqdirimda ham "Jumlalardan Matnazar akaning "isi" kelib turibdi", "Buni Bekzod Hidoyatov yozgan, ana, joriy siyosat va qalbning muvoziy holatini boz şarhlabdi", "Toşi oğir, zalvorli fikrlarga boy bu maqola Umid Yoqubniki", "Bu dilgir fikrlar bayoni esa Sevaraniki", "Fikrning zörini boşlamada aytganiga qaraganda, maqolani Ikrom yozgan çiqar" , deb ayta olaman. Jur'atning ösiş sur'atiga gap yöq! Rost, öqib közlarimga işonmayapman! Nahotki şu ÖzA bölsa, nahotki şu taşkilotda jurnalist uslubiga teginilmayotgan bölsa?!
Ha, rost, hozir ham ÖzA uzatgan maqolalarni judayam berilib öqimaysiz, aksariyat tahlillar taxminlardan iborat, öqirman tafakkuriga darrov yuqadigan mulohazalar kam. Ammo baribir bunda bitta xosiyat bor: maqolalardagi jur'at kundan-kunga oşayapti.
Yana bir yangilik. Endilikda Prezident suratlari ham obdan "işlov"larsiz, fotoşopni qöllamaygina uzatilyapti. Xalq "fotoşopona" silliq, oydin qiyofani emas, mehnatda toblangan inson qiyofasini, çehrasida kunning issiq-sovuği aks etgan öğlonini körayapti. Saylovoldi mahali namoyiş etilgan, prezidentlikka nomzod Ş.M.Mirziyoyevga bağişlangan körsatuvning nomi bejiz "Xalq farzandi" deb nomlanmagan ekan. Bu hayotiy haqiqat ekanini körib turibmiz.












