«Biz qoronğu damlarda
yoruğ kelajakka boqa olişimiz kerak».
Arastu

Insoniyat tarixi guvohki, dunyo boşiga tuşgan har qanday oğir tabiiy ofat va inqirozlardan keyin jamiyatlar yanada kuçliroq, mustahkamroq bölib şakllangan. Bunday qiyinçiklardan töğri va oqilona iş tutib rivojlanişda yuksak natijalarga erişgan köplab davlatlarni bilamiz.

Misol uçun, örta asrlarda feodal Yevropada tarqalgan vabo («qora ölat») jamiyatdagi iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni tamoman yangi körinişga olib kelganini yaxşi bilamiz. Köplab olimlar bu voqeani sanoat inqilobiga zamin yaratgan, degan fikrni ham aytişadi.

Biz özbekistonliklar ham butun insoniyat bilan birgalikda katta sinovdan ötmoqdamiz. Koronavirus pandemiyasi bizning avlod uçun kölami va şakl-şamoyili böyiça yangilik bölişi mumkin, lekin tarixda başariyat bundan-da oğirroq sinovlarni yenggan. Bu safar ham albatta şunday böladi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ta'biri bilan aytadigan bölsak, köpni körgan xalqimiz yanada jipslaşib, ahil va hamjihat bölib, bu murakkab sinovlarni ham mardona yengib ötadi.

Koronavirus bilan boğliq holat, birinçidan, nafaqat biz könikib qolgan odatiy munosabatlarni atrofliça qayta körib çiqişga, balki ularga özgaça rakursdan qaraşga, ayrimlarini esa tahrirlaşga, keyingi hayot tarzimizni ham yangiça anglaşga va rejalaştirişga majbur qiladi.

Bugun hayotimizda keçayotgan jarayonlar ertaga yangi kasblar, yangiça ğoyalar, yangi könikmalar va qoidalarning şakllanişiga olib keladi, kerak bölsa, jamiyatdagi qadriyatlar tizimini ham qayta tafakkur qilişga undaydi.

Koronavirus şaroitida yuzaga keladigan masalalar, ularning sohalari, körinişlari ham xilma-xil: tibbiy-sanitariya munosabatlardan tortib, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, psixologik, ma'naviy-falsafiy va boşqa sohalarda savollar talaygina.

Masalan, bugungi karantin şaroitida aksilinqiroz boşqaruvining huquqiy ta'minlovi qanday bölişi lozim, mazkur jarayon ijtimoiy munosabatlarga qanday ta'sir körsatadi, şartnomaviy majburiyatlar qanday bajariladi, huquqlar qanday ta'minlanadi, şoşilinç çoralar va inson huquqlari muvozanati, aholiga huquqiy xizmatlar körsatişning evrilişi qanday keçadi, onlayn munosabatlar rivojining huquqiy ustunlari yetarlimi, şaxsiy ma'lumotlar qanday himoyalanadi? Ya'ni çaqiriqlar, yeçimlar, dunyo tajribasi va istiqbol...