Jahon | 15:08 / 05.10.2020
15094
2 daqiqa o‘qiladi

Gepatit S kasalligini tadqiq qilgan amerikalik va britaniyalik olimlar Nobel mukofotini qo‘lga kiritdi 

Fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti gepatit S virusini topganlik uchun berildi. Uni Harvi Olter, Charlz Rays va Maykl Houton qo‘lga kiritdi.

Foto: EPA-EFE/Claudio Bresciani/POOL

Fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofoti amerikalik Harvi Olter va Charlz Rays hamda britaniyalik Maykl Houtonga berildi. Mukofot gepatit S virusini topganlik uchun taqdim etildi, deb yozadi Nobel qo‘mitasi o‘z saytida

Ushbu virus odamlarda va shimpanzeda gepatit C kasalligini keltirib chiqaradi. U 1989 yilda topilgan bo‘lib, shimpanzeda gepatit A yoki gepatit Vga o‘xshash kasallikni keltirib chiqargan, ammo ulardan birontasi bo‘lmagan virusning DNK nusxasini klonlash orqali aniqlangan. 

Olter, Rays va Houtonning tadqiqoti ushbu virusning aniqlanishida muhim rol o‘ynadi. Olter AQSh Milliy sog‘liqni saqlash institutlaridagi hamkasblari bilan birgalikda qon quyilgan bemorlarda gepatit holatlarini o‘rganib chiqdi. Olimlar ma'lum bo‘lgan gepatit A va gepatit V bilan bir qatorda, ularga o‘xshash yana bir kasallik mavjudligini isbotladi. O‘shanda noma'lum qo‘zg‘atuvchi uni shimpanzelarga yuqtirishi mumkinligi aniqlandi. Kasallik «na A, na V» gepatit deb nomlangan.

Maykl Houton ushbu noma'lum kasallikning genetik asosini ajratish ustida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya va Norvegiyada Nobel haftaligi boshlandi. Ushbu haftalik davomida nufuzli mukofotning 2020 yilgi sovrindorlari e'lon qilinadi.

Stokholmdagi Nobel qo‘mitasi 5 oktyabrda tibbiyot, 6 oktyabrda fizika, 7 oktyabrda kimyo, 8 oktyabrda adabiyot, 12 oktyabrda esa iqtisodiyot bo‘yicha sovrindorlarni e'lon qiladi.  

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti esa Norvegiya poytaxti Osloda 9 oktyabrda e'lon qilinadi. 

Mavzuga oid